Dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Saqlash
22:00 / 18.11.2022 2296 0

Oʻzbekistonda 19–20-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqida “Oʻzgidromet” xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 19-noyabr, shanba kuni respublikaning katta qismida yomgʻirli ob-havo saqlanib turadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi sababli koʻrinuvchanlik yomonlashishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol 15-20 metr/sekundgacha esishi davom etadi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Shuningdek, 20-noyabr, yakshanba kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//