“Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi (roʻyxat)

Saqlash
15:11 / 18.11.2022 2275 0

“Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida oʻtkazilayotgan tantanali bayram tadbirida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

 

Ikki bosqichda oʻtkazilgan tanlovga 800 ga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi. Respublika bosqichiga saralab olingan videoroliklar ichidan 10 tasi hakamlar hayʼati qaroriga koʻra Oyina.uz portalida jamoatchilikka taqdim etildi.

 

Oyina.uz portalining telegram kanalida eng koʻp ovoz toʻplagan va hakamlar hayʼati eʼtirofiga sazovor boʻlgan gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing:

 

5 nafar nominatsiya sovrindorlari:

1. Shoxruh Norqulov;

2. Ildambek Valijonov;

3. Maftuna Abdukarimova;

4. Azizbek Sobirov;

5. Laylo Ismoilova.

 

Ularning har biri 10 million soʻmdan pul mukofotiga ega boʻlishdi.

 

 

Tanlov gʻoliblari:

3-oʻrin sohibi – Sirojiddin Poʻlatov, 30 million soʻm;

2-oʻrin – Tolibjon Mirzajonov, 40 million soʻm;

1-oʻrin sohibi – Zemfira Tursinbekova 50 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish