Jamiyat
Oʻzbekistonda 17-noyabr kuni 69 kishida koronavirus qayd etildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, yangi kasallanish holatlarining katta qismi Toshkent shahrida aniqlangan. Qolgan hududlarda esa bu koʻrsatkich sezilarli darajada past.
Yangi kasallanish holatlari:
1 nafari Buxoro viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
1 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
6 nafari Toshkent viloyatida,
56 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan
Vazirlik statistikasidan kunlik kasallanishlar soni ortayotganini koʻrish mumkin: 16-noyabrda 61 kishida, 15-noyabrda 48 kishida, 14-noyabrda 21 kishida kasallik aniqlangan.
Ayni paytda virusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda. Sanitariya-epidemiologiya xizmati maʼlumotiga koʻra, 17-noyabr kuni respublika boʻylab koronavirusga qarshi 60 959 doza vaksina qoʻllandi.
Ushbu infeksiyaga qarshi qoʻllangan jami vaksinalar soni 72 million dozadan oshdi.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q