Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yilning 21–22-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturida Parij shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, Fransiya Parlamentining quyi palatasi – Milliy yigʻinida uchrashuv hamda ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarini oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va taʼlim almashinuvlarini davom ettirish masalalari oʻrin olgan.
Sammit yakunida oʻndan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari toʻplamining qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, tashrif kunlari Fransiya poytaxtidagi jahonga mashhur Luvr muzeyi va nufuzli Arab dunyosi institutida mamlakatimizning boy madaniy va tarixiy merosiga bagʻishlangan noyob koʻrgazmalar ochiladi.
Bundan tashqari, shu kunlarda Parijda Fransiyaning “MEDEF” tadbirkorlar harakati koʻmagi bilan tashkil etilgan biznes forum boʻlib oʻtmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q