10 oyda eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil markasi aytildi

Saqlash
18:35 / 17.11.2022 2070 0

Oʻzbekistonda yanvar-oktabr oylarida koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil markasi maʼlum qilindi.

 

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ortda qolgan vaqt davomida bu koʻrsatkich boʻyicha “Cobalt” yetakchilik qilmoqda — 81 311 dona. Keyingi oʻrinlarda “Lacetti-Gentra” (72 321 dona) va “Damas” (59 164 dona) bormoqda.

 

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

 

— “Cobalt” — 81 311 dona;

— “Lacetti-Gentra” — 72 321 dona;

— “Damas” — 59 164 dona;

— “Nexia T-250” — 19 301 dona;

— “Spark” — 12 445 dona;

— “Tracker” — 2 120 dona;

— “Volkswagen Caddy” — 423 dona;

— Maxsus yengil avtomobillar — 16 403 dona.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//