Jamiyat
Joriy yilning 12-noyabr kuni soat 04:00 larda Fargʻona viloyati Rishton tumani “Oqtomir” MFYda yashovchi fuqaro T.T. tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga qoʻngʻiroq qilib, otasi 1942-yilda tugʻilgan T.Gʻ.ning sogʻligi yomonlashganligini maʼlum qilgan.
Tez yordam xodimlari T.T.ning yashash xonadoniga borib, bemorga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, uning qon bosimi koʻtarilganligi sababli tuman markaziy shifoxonasiga olib ketayotgan vaqtlarida bemor T.Gʻ. vafot etgan.
Otasining vafot etganligidan gʻazablangan T.T. va uning oʻgʻli Gʻ.X.lar tez yordam xodimi B.Z.ni urib, unga tan jarohati yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etish kerak, bu soʻnggi oylarda shifokorlarning kaltaklanishi bilan bogʻliq ilk holat emas. Oktabr oyida ham Toshkentning Yakkasaroy va Mirobod tumanlaridagi xonadonlarda oʻz xizmat vazifasini oʻtayotgan shifokorlar kaltaklangandi.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q