Madaniyat
Parijdagi Arab dunyosi institutida 2022-yil 23-noyabrdan 2023-yil 4-iyungacha “Samarqandga yoʻl. Ipak va oltin moʻjizalari” nomli koʻrgazma tashkil etiladi.
Unda Oʻzbekiston hunarmandlarining asarlari namoyish etiladi. Koʻrgazmada XIX–XX asr oʻrtalariga oid milliy toʻqimachilik mahsulotlari, liboslar, bezaklar, Buxoro amirligi davrining zardoʻzli choponlari, shuningdek, Oʻzbekiston davlat muzeylari kolleksiyasidan toʻplangan Turkiston avangardiga oid rangtasvir asarlar bilan tanishish mumkin.
Koʻrgazma tashkilotchisi – Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi kengashi raisining oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva madaniy tadbir oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Ushbu koʻrgazma Yevropa jamoatchiligining qizgʻin eʼtiborini qozonishiga ishonaman.
Biz xalqaro auditoriyaga yurtimizning boy merosini taqdim etishdan benihoya xursandmiz. Umid qilamizki, ushbu loyiha xalqlarimiz oʻrtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi va shu orqali oʻzbek millatini butun dunyoga tanitishda oʻz hissasini qoʻshadi”, – deb yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q