Jamiyat
2022-yil 11-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining qarori bilan internetda behayo videolari tarqalgan qiz 5 sutkaga qamalgani va u jazoni oʻtab chiqqach, kasb-hunarga oʻqitilib, doimiy ishga joylashtirilishi haqida xabar berilgandi.
Toshkent shahar sudi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 15-noyabr kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasida S. S. ga oid ish yuzasidan chiqarilgan sud qaroriga huquqbuzar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqildi.
Maʼmuriy javobgarlikka tortilgan S. S. apellyatsiya shikoyatida, hozirgi kunda qilgan ishidan pushaymonligi bildirib, sud qarori bilan tayinlangan jazoni yengillashtirishni soʻragan.
Apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyatda keltirilgan vajlarni oʻrganib, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan S. S. ga nisbatan jazo tayinlashda, shaxsini, yoshini, ayolligini, bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, birinchi instansiya sudi qarori bilan tayinlangan maʼmuriy qamoq jazosini kam muddatdagi maʼmuriy qamoq jazosiga keltirishni lozim deb topdi.
Toshkent shahar sudining ajrimi bilan jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining S. S. ga oid qarori oʻzgartirilib, huquqbuzarga nisbatan insonparvarlik tamoyili qoʻllanilgan holda tayinlangan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi 4 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga keltirildi.
Natijada maʼmuriy javobgarlikka tortilgan S. S. jazoni toʻliq oʻtagan deb hisoblanib, Toshkent shahar IIBB Maxsus qabulxonasidan ozod qilindi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q