Siyosat
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qoʻshma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Jonatan Devid Hennikni qabul qildi.
TIV maʼlumotiga koʻra, uchrashuv vazirga elchi tomonidan ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. Oʻz navbatida Norov elchini lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, ikki tomonlama darajada va “S5+1” shaklida boʻlajak tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.
Savdo-investitsiya aloqalarini rivojlantirish, jumladan, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga Amerika kapitali va texnologiyalarini jalb qilish, toʻqimachilik, farmatsevtika, energetika, AKT jabhalarida qoʻshma korxonalar tashkil etish, moliyaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.
Tomonlar Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha ham fikr almashdilar. Ushbu mamlakatga xalqaro yordamni kengaytirish zarurligiga qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, Jonatan Hennik 27-iyul kuni AQSHning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tasdiqlangan. Bundan avvalgi elchi Daniyel Rozenblyum AQSHning Qozogʻistondagi elchisi etib tayinlangan.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
109755
Jamiyat
94130
Jamiyat
89920
Jamiyat
73123
Jamiyat
//
Izoh yo‘q