Jamiyat
Termizda harbiy xizmat oʻtayotgan harbiy yigit vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan oddiy askar K.Q. sogʻligʻi boʻyicha shikoyat qilganligi sababli 11-noyabr kuni Markaziy harbiy klinik gospitalga yotqizilgan. Tibbiy tekshiruvlar natijasida, K.Q. “yurakning oʻng boʻlmachasida kontrast toʻldirish defekti (tromb), koʻks oraligʻida hajmli hosila, ikki tomonlama gidrotoraks” aniqlangan. 14-noyabr kuni bemor shoshilinch ravishda American Hospital klinikasida kardioxirurg konsultatsiyasiga olib borilgan.
Bemor hayoti uchun tashxis va jarrohlik operatsiyasi oʻta xavfli hisoblanadi. Ammo hayotiy koʻrsatmalarga asosan jarrohlik operatsiyasini bajarish lozimligi sababli klinikada gospital mutaxassislari ishtirokida jarrohlik operatsiyasi oʻtkazilgan.
Bemorning umumiy ahvoli oʻtkazilgan jarrohlik operatsiyasiga mos ravishda ogʻirligicha qolgan. Oʻtkazilgan reanimatsion chora tadbirlarga qaramasdan bemorda biologik oʻlim qayd etilgan.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q