Madaniyat
15-noyabr kuni Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi aʼzosi, musavvir Shavkat Muzaffar (Shavkat Turopov) 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Mushtum” jurnali xabar berdi.
Uning oʻlimi sababiga aniqlik kiritilmagan. Maʼlumot uchun, Shavkat Muzaffar 1968-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutining arxitektura fakultetini tamomlagan.
1989−1993-yillarda “Tashgiprogor” va “Uzniipr” loyihalash institutlarida, 1993−2003-yillarda “Oʻzsanoatqurilishbank” tizimida, 2007−2010-yillarda “Mushtum” hajviy jurnalida, 2015−2020-yillarda Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasida va Toshkent shahar madaniyat boshqarmasida faoliyat yuritgan. Bugungi kungacha u “Mushtum” jurnali va Xalqaro islom akademiyasining “Ziyo” studiyasida faoliyat yuritib kelgan.
Shavkat Muzaffarning bir qancha rangtasvir, grafika, karikatura, shuningdek, xattotlik asarlari AQSH, Germaniya, Chexiya, BAA, Fransiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Saudiya Arabistoni kabi qator mamlakatlarning shaxsiy kolleksiyalarida, shu jumladan, AQSH Kongressi kutubxonasining Markaziy Osiyo fondida saqlanadi.
Rassom koʻplab xalqaro tanlov-konkurslar, koʻrgazmalarda faol ishtirok etgan, bir qancha asarlari Yevropa va Osiyo mamlakatlari koʻrgazmalarining kataloglaridan joy olgan. Xususan, bir necha marta dunyoning eng nufuzli World press cartoon tanlovida Oʻzbekiston nomidan qatnashgan. 2007-yil “Oltin qalam” milliy mukofotiga, 2016-yil “Mustaqillikning 25 yilligi” medaliga sazovor boʻlgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
112297
Jamiyat
94973
Jamiyat
91094
Jamiyat
75858
Jamiyat
//
Izoh yo‘q