Jamiyat
“Maʼnaviyat karvoni”ning navbatdagi manzili Jizzax viloyati boʻldi. Ushbu hududga 200 nafarga yaqin ziyolilar, ijod ahli, sanʼatkorlar tashrif buyurdi.

Birinchi kun tadbirlari “5000 qadam - yurish marafoni” bilan boshlandi. Erta tongda boshlangan marafon avvalida aholi uchun sanʼatkorlar tomonidan jonli ijroda qoʻshiqlar, sahna asarlaridan parchalar namoyish qilindi.

Shundan soʻng tadbir ishtirokchilari shahardagi “Muruvvat uyi”ga borishdi. Ushbu manzilning boshqa viloyat uylaridan farqi shundaki, bu yerda faqatgina ayollar istiqomat qiladi. Tashrif davomida ayollarga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan 100 dan ortiq kitoblar, 200 ga yaqin sovgʻalar jamlanmasi topshirildi.


Birinchi kun shu bilan yakunlanmadi. Targʻibotchilar va ijodkorlar tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemorlar holidan ham xabar olib, sovgʻalar tarqatishdi.

Eslatib oʻtamiz, karvonning oʻtgan galgi safari Navoiy viloyatiga uyushtirilgan edi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110640
Jamiyat
94422
Jamiyat
90313
Jamiyat
74097
Jamiyat
//
Izoh yo‘q