Jamiyat
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.
“Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi daʼvatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni soʻraymiz”, — deyiladi murojaatda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan.
Qayd etish kerak, Rossiya Prezidenti Vladimir 14-noyabr kuni mamlakat qurolli kuchlarida chet el fuqaroligiga ega boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76033
Jamiyat
//
Izoh yo‘q