Madaniyat
XX asr oʻzbek adabiyotida oʻchmas iz qoldirgan shoir Usmon Nosir tavalludining 110-yilligi munosabati Namangan shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tutash maydonda haykal oʻrnatildi.
Haykalning ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Gʻayrat Majid, O‘zbekiston Xalq shoiri Usmon Azim, adabiyotshunoslar Qozoqboy Yoʻldoshev, Nurboy Jabborov so‘zga chiqib, Usmon Nosir ijodi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, shaharda “Usmon Nosir” nomidagi muzey va kutubxonaning ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, Usmon Nosir 1912-yil 13-noyabrda Namangan shahrida tugʻilgan. Shoir ayni kuchga toʻlgan, ijodi qizgʻin pallaga kirgan 25 yoshida, 1937-yil 13-iyulda xalq dushmani sifatida hibsga olinib, dastlab Magadan, soʻngra Kemerovodagi qamoqxonalarga yuborilgan. Shoir 1944-yil 9-martda, 32 yoshida vafot etgan.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q