Toshkentning uchta tumanida issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Saqlash
03:07 / 14.11.2022 1188 0

14-noyabr kuni Toshkentning Mirobod, Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida issiqlik taʼminoti oʻchiriladi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

 

Dushanba kuni soat 06:30 dan boshlab DU-600 mm magistral quvurida sodir boʻlgan avariya sababli rejadan tashqari ishlar olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti uzilmagan holda issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

 

Qoʻyliq dahasi 1,2,3,4, 5, 6 va 7;

Munis koʻchasi;

Yangi Qoʻyliq koʻchasi;

Fitrat koʻchasi;

Bexterova Sarakoʻl koʻchasi;

Yangi zamon koʻchasi;

Tolimarjon koʻchasi;

Sarakoʻl koʻchasi.

 

Kompaniya xabariga koʻra, issiqlik taʼminoti 14-noyabr kuni soat, taxminan, 21:00 ga qadar qayta tiklanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//