Jamiyat
Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilyapti.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur elektr stansiyasi orqali yiliga 1 milliard 800 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 million kub/metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 600 million dollarni tashkil etib, yuz foiz xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshiriladi.
Ahamiyatlisi, stansiya qurilishi davomida 800 nafargacha va ishga tushgandan soʻng 30 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi.
Ushbu yirik loyiha Prezidentning 2020-yil 22-dekabrdagi qarori asosida amalga oshirilayotgani qoʻshimcha qilingan.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q