Kelasi hafta boshida ayrim hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda

Saqlash
02:13 / 12.11.2022 2032 0

“Oʻzgidromet” shoshilinch axborot eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston boʻylab 13-noyabrdan 16-noyabrgacha boʻlgan vaqt oraligʻida yogʻingarchilik va noqulay ob-havo kutilmoqda.

 

Respublika boʻyicha 13–15-noyabr kunlari, shuningdek, shimol hududida, baʼzi joylarda shamol 17–22 metr sekundgacha, Qoraqalpogʻiston va Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25–28 metr sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

 

14–16-noyabr kunlari esa Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin, ayrim joylarda kuchli yogʻingarchiliklar kuzatiladi.

 

Shu bilan birga, togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//