Samarqandda TDTning birinchi xonimlari koʻrgazma va premyeraga tashrif buyurishdi (foto)

Saqlash
18:07 / 11.11.2022 2562 0

10-noyabr kuni Samarqand sammiti mehmonlari uchun oʻtkazilgan madaniy dasturda Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdoʻgʻan, Ozarboyjon prezidenti rafiqasi, mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva hamda Vengriya bosh vazirining rafiqasi Aniko Levayni ishtirok etdi.

 

“Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlarning birinchi xonimlari uchun maxsus “Oʻzbekiston ranglari” koʻrgazmasi tashkil etildi. Ekspozitsiya mehmonlarda katta taassurot qoldirdi va hayratlantirdi”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.

 

Shuningdek, birinchi xonimlari uchun turkiy xalqlarning qadimiy va dunyoni lol etgan sanʼat turlaridan biri – “Lazgi – koʻngil va muhabbat raqsi” balet teatri premyerasi boʻlib oʻtdi.

 

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//