Shavkat Mirziyoyev Tashkilot Bosh kotibiga Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosar lavozimi joriy etishni taklif qildi

Saqlash
16:16 / 11.11.2022 844 0

Ayni damda Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi, deb xabar bermoqda Oyina.uz muxbiri.

 

Yigʻilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibining Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini joriy etishni taklif qildi.

 

“Oʻzbekiston taklifi bilan 2022-yil Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida „Yoshlar tashabbus-larini qoʻllab-quvvatlash yili“, deb eʼlon qilingan edi.

 

Uning doirasida Buxoro shahri – Turkiy dunyo yoshlar poytaxti maqomiga ega boʻldi.

 

Yosh avlodni har tomonlama ragʻbatlantirish, ularning isteʼdod va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida boshlagan xayrli ishlarimizni izchil davom ettirish niyatidamiz.

 

Kelgusi yili yurtimizda Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressini oʻtkazishni taklif etaman.

 

Uning doirasida innovatsiya va taʼlim vazirlari, oliygohlar rektorlari va yosh yetakchilar, iqtidorli oʻgʻil-qizlarimiz, Tashkilo-timiz oqsoqollarining keng qamrovli uchrashuvlarini tashkil etishni koʻzda tutmoqdamiz.

 

Bu ishlarimizga tizimli tus berish va natijadorlikni taʼminlash maqsadida Tashkilot Bosh kotibining Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavoziminini joriy etish ayni muddao boʻlar edi”, dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//