Turkistonning noyob xaritalari va tarixiy fotosuratlar namoyishga qo‘yildi

Saqlash
05:33 / 11.11.2022 1266 0

Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida Turk tarixi va madaniyati jamgʻarmasi (TÜRKTAV) hamda Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Turkiston” koʻrgazmasi tashkil etildi.

 

Sulton Abdulhamid II ga tegishli Yulduz saroyi fotosuratlari toʻplamida XIX asrning goʻzal va rang-barang xotiralari aks etgan. TÜRKTAV kolleksiyasidagi Turkiston xaritalari ham namoyishga qo‘yilgan. Ushbu xaritalar mashhur geograf olimlar tomonidan tuzilgan bo‘lib, turk xalqlari tarixi va tarqalgan hududlari, gʻarbga koʻchish yoʻllari koʻrsatilgan.

 

Turk tarixi va madaniyati jamgʻarmasi (TÜRKTAV, www.turktav.org) keng geografik hududga tarqalib, buyuk tamaddun yaratgan turkiy xalqlarning madaniy merosini xalqaro maydonda targʻib qilish, muhofaza etish va kelajak avlodlarga yetkazish bilan shug‘ullanadi.

 

2022-yil may oyida TÜRKTAV va Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Usmonlilar davlati arxivlaridagi 50 000 noyob tarixiy hujjatlarning raqamli nusxalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//