Siyosat
Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
10-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Elchiga Ukraina mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab oʻtib, ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.
Ukraina tomonidan OAVda Oʻzbekistonga oid notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlandi.
“Shu bilan birga, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy soʻrovlari kelib tushgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni oʻrganish va xolis maʼlumot berishga tayyor”, deyiladi xabarda.
Oʻz navbatida, elchi Nikolay Doroshenko Oʻzbekiston tomonining xavotirlari va uchrashuv natijalarini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan yetkazishini ishonch bilan bildirgan.
9-noyabr kuni Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi vakili Vadim Skibiskiy La Repubblica uchun bergan intervyusida Oʻzbekiston RFga sanksiyalarni aylanib oʻtishda yordam berayotgani, bu davlatga raketalar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan, Amerika va Yaponiya tomonidan ishlab chiqarilgan qismlarni sotayotganini aytgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q