Oktabr oyida eng koʻp tugʻilish qaysi hududda qayd etildi?

Saqlash
22:23 / 10.11.2022 1061 0

2022-yilning oktyabr oyida respublika boʻyicha 85 306 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 843 taga oshgan. 

 

Oktyabr oyida eng koʻp tugʻilish Samarqand viloyatiga togʻri kelgan boʻlsa, eng kami Sirdaryoda qayd etilgan. 

 

 Hududlar kesimida qayd etilgan tugʻilishlar soni: 

 

— Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 4 199 ta   

— Andijon viloyati – 8 026 ta  

— Buxoro viloyati – 4 313 ta  

 — Jizzax viloyati – 3 807 ta   

 — Qashqadaryo viloyati – 9 286 ta 

— Navoiy viloyati – 2 186 ta   

— Namangan viloyati – 7 615 ta   

— Samarqand viloyati – 10 272 ta  

— Surxondaryo viloyati – 7 193 ta  

— Sirdaryo viloyati – 1 990 ta 

— Toshkent viloyati – 6 146 ta  

— Fargʻona viloyati – 9 365 ta   

— Xorazm viloyati – 4 800 ta  

— Toshkent shahri – 6 108  ta

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//