Jamiyat
2016-yilda poytaxtda ochilgan besh yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasini xususiylashtirish jarayoni 2020-yilning yanvar oyida boshlangan edi.
Dastlab, The Abu Dhabi Uzbek Fund investitsiya jamgʻarmasi hisobidan 110 mln dollar evaziga xususiylashtirish rejalashtirilgan mehmonxona 87 mln dollarga Abu Dhabi Uzbek Investment QKga sotildi, deb xabar berdi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.
Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, agentlik mehmonxonaning balansda saqlovchisi “Poytaxt qurilish va xizmat” MCHJning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirdi.
Sotuv jarayonida “KPMG Valuation and Consulting” xalqaro konsalting kompaniyasi konsultant vazifasini bajardi, aksiyalar paketini mustaqil baholash “PricewaterhouseCoopers” tomonidan amalga oshirildi.
Turli xorijiy investorlarga (investor sounding) yuborilgan tizerlar natijasida Amerika, Osiyo, Yevropa va Oʻzbekistondagi investorlardan sotib olish boʻyicha qiziqish toʻgʻrisda 5 ta arizalari (Express of Interest) kelib tushdi.
Saralash natijalariga koʻra, belgilangan malaka mezonlariga muvofiq boʻlgan talabgorlar xususiylashtirish jarayonining keyingi — Majburiyatga ega boʻlmagan takliflar (NBO)ni taqdim etish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilindi hamda axborot memorandumi, moliyaviy model va boshqa hujjatlar taqdim etildi.
Kelib tushgan NBOʻni belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi ish faoliyati, bitimni yopish shartlari va mehmoxonaning baholangan qiymatidan yuqoriligi boʻyicha eng yaxshi xarid qiymatini taqdim etgan Abu Dhabi Uzbek Investment QK xalqaro tender natijalari boʻyicha gʻolib deb topildi.
Shuningdek, bitim talabgor tomonidan sotib olish toʻloviga qoʻshimcha ravishda mehmonxonani rivojlantirish uchun 12 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyati bilan birga toʻlovni toʻliq bir yoʻla toʻlash orqali amalga oshiriladi.
Oldi-sotdi shartnomasi bitimning tegishli shartlari kelishilganidan soʻng, “Poytaxt qurilish va xizmat” MCHJ va “Hyatt International” oʻrtasida 2013-yilda tuzilan shartnomaga muvofiq Hyatt International Limited (Europe Africa Middle East) xalqaro mehmonxona boshqaruvi tarmogʻi tomonidan gʻolib maʼqullangandan keyin imzolanadi.
Mehmonxona egasi – “Poytaxt qurilish va xizmat” DUK Hyatt Regency Tashkent qurilishi qiymati 205 million dollarni tashkil etadi. Shu jumladan, “Xalq banki”ning 7 yil muddatga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidan 100 milliard soʻmlik kredit (1 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 9 foiz stavkasi bilan) taqdim etilgan edi. “Xalq banki” va “Poytaxt qurilish va xizmat” oʻrtasida kredit shartnomasi, istisno tariqasida, Markaziy bank standartlarini qoʻllamasdan tuzilgan.
Maʼlumot uchun: Abu Dhabi Uzbek Investment 1 mlrd AQSH dollariga teng kapitalga ega boʻlgan investitsiya kompaniyasi boʻlib, uning maqsadi Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan loyihalarga sarmoya kiritishdir. Kompaniya hozirgacha Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga 100 million AQSH dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Ushbu investitsiya kompaniyasi portfeli 300 million AQSH dollardan ortiq loyihalarni oʻz ichiga oladi, ularning yakuniy maqsadi yaqin yillarda 1 milliard dollardan ortiq investitsiyalarni jalb etishdir. Kompaniya Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (UFRD) hamda BAAning Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi (ADFD) tomonidan tashkil etilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q