Jamiyat
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻqituvchilariga taʼlim berishdan tashqari ortiqcha vazifalar, jumladan, mahallalarda uyma-uy yurib, xatlov qilishga majburlanayotgani xabar qilingan edi. Endi bu kabi topshiriqlar taqiqlanadi.
Xalq taʼlimi vazirligi hamda tegishli mutassaddilarga oʻqituvchilar zimmasiga yuklatilgan barcha ortiqcha vazifalarni inventarizatsiya qilish hamda ularni taqiqlash yuzasidan administratsiya tomonidan tegishli koʻrsatma berildi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Komil Allamjonov telegram-kanalida xabar berdi.
Bundan oldinroq Saida Mirziyoyeva oʻqituvchilarni vazifasidan tashqaridagi yumushlarga noqonuniy majburlash borasida ham oʻz munosabatini bildirib oʻtgandi:
“Oʻqituvchilarni xuddi yigirma yil oldingi kabi yana xonadonlarni aylanib chiqishga va oʻquvchilar roʻyxatini tuzishga majbur qilishayotgani haqida eshitib, juda xafa boʻldim.
Men oʻqituvchilarga boʻlgan munosabatni qayta koʻrib chiqish oʻta zarur deb hisoblayman va mutasaddilardan ularning zimmasiga keraksiz va noqonuniy vazifalar yuklashni bas qilishlarini soʻrab qolaman.
Oʻqituvchilarning asosiy vazifasi — farzandlarimizga bilim berish orqali mamlakatimiz kelajagini taʼminlashdir.
Buning oʻzi juda murakkab vazifa. Taʼlim yoʻnalishida shundoq ham muammolar gʻij-gʻij boʻlib turganida, ustiga-ustak oʻqituvchilar gardaniga yana qandaydir qoʻshimcha vazifalar yuklash — bu endi ortiqcha.
Oʻqituvchilarni ortiqcha ishlarga majbur qilish nafaqat maktabga, balki Oʻzbekiston kelajagiga ham zarar yetkazadi”.
Mirziyoyeva barcha masʼul shaxslardan ushbu muammoni imkon qadar tezroq hal qilish va oʻqituvchilardan dars berishdan boshqa barcha vazifalarni ozod qilishini soʻragan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q