Yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi

Saqlash
14:56 / 10.11.2022 1117 0

“Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi.

 

Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar asosida joriy etiladi.

 

Bunday hujjatlarda belgilanmagan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

 

2023-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

 

– tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror toʻgʻrisida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda eʼlon berish;
– yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan sotish;
– elektrni shartnomadagi hajmdan koʻp ishlatgan yuridik shaxslarga elektr yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish;
– YATT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qoʻyish.

 

2023-yil 1-martdan:

 

– soliq toʻlovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qarorlar ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;
– barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat beriladi;
– Hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHMning 3 500 baravari va undan koʻp davlat xaridlari boʻyicha buyurtmalar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
– vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot oʻrtasida qiymati BHMning 3 500 baravari va undan koʻp tovarlarning toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinishi taqiqlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//