Jamiyat
Prezident tomonidan “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon qabul qilindi. Hujjat matni OʻzAda eʼlon qilindi.
Farmon bilan 2023-yil 1-yanvardan quyidagi talablar bekor qilinmoqda:
tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida eʼlon berish;
yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi;
elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha isteʼmol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish;
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qoʻyish.
Shuningdek, 2023-yil 1-martdan:
soliq toʻlovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan toʻgʻridan toʻgʻri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;
axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tijorat xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat beriladi. Bunda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali nodavlat xizmatlar koʻrsatish tartibi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs tomonidan belgilanadi;
Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladigan bir shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining 3 500 baravari va undan yuqori boʻlgan davlat xaridlari boʻyicha buyurtmalar toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
vazirlik (idora, muassasa) va uning tarkibidagi tashkilot (muassasa) oʻrtasida qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 3 500 baravari va undan yuqori boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinishi taqiqlanadi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q