Qishloq xoʻjaligi va goʻsht mahsulotlarining ulgurji narxlari haqida maʼlumot berildi

Saqlash
04:42 / 10.11.2022 1174 0

Oʻzbekistonda 1—6-noyabr kunlari bozorlarda qishloq xoʻjaligi va goʻsht mahsulotlarining ulgurji narxlari haqida maʼlumot berildi.

 

Ushbu davr mobaynida bozorda kivi 6 000 soʻmga, uzum 1 500 soʻmga guruch (lazer) 1 000 soʻmga arzonlagan.

 

Shuningdek, sarimsoq piyoz — 4 250 soʻmga; banan va mandarin — 2 500 soʻmga; noʻxat — 2 000 soʻmga; pomidor — 1 500 soʻmga; bodring — 750 soʻmga; baqlajon — 600 soʻmga; sabzi (qizil) — 500 soʻmga; kartoshka (mahalliy), karam, sabzi (sariq) — 250 soʻmga oshgan.

 

Davlat bojxona qoʻmitasining tezkor maʼlumotlariga asosan, noyabr oyida umumiy qiymati 29,3 mln dollarlik (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,6 mln dollar koʻp) jami 41,4 ming tonna (7,6 ming tonna koʻp) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

 

Mazkur davrda:

 

11,1 ming tonna uzum;
6,8 ming tonna xurmo;
5,7 ming tonna mosh;
3,2 ming tonna loviya;
1,6 ming tonna piyoz;
1,4 ming tonna quritilgan meva;
1,1 ming tonna mayiz;
1 ming tonnadan pomidor va gulkaram tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

 

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 3,4 mln dollar (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 354 ming dollar koʻp) qiymatdagi jami 17 ming tonna (1,5 ming tonna koʻp) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari import qilingan.

 

Bunda:

 

12,4 ming tonna kartoshka;
2,8 ming tonna banan;
184 tonna mandarin;
152 tonna kivi;
66 tonna apelsin import qilingan.

 

Tezkor maʼlumotlarga asosan, “Qoʻyliq” bozoriga hududlardan jami 4,3 ming tonna, xususan, 2,2 ming tonna kartoshka, 1,5 ming tonna piyoz, 142 tonna karam va 425 tonna sabzi keltirilgan.
Mazkur bozorga Qozogʻistondan 1 378 tonna, Qirgʻizistondan 168 tonna va Pokistondan 24 tonna kartoshka keltirilgan.

 

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 78,5 tonna, shu jumladan 71,3 tonna mol goʻshti va 7,2 tonna qoʻy goʻshti keltirib sotilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//