Jamiyat
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi fuqaro N.J. huquqni himoya qilish organlariga ariza bilan murojaat qildi.
U telegram messenjerida nabirasining operatsiyasiga yordam soʻrab “Muhtoj insonlarga yordam” guruhida bank kartasi va telefon raqamlarini joylashtiradi.
Shundan soʻng nomaʼlum shaxs fuqaro N.J.ga qoʻngʻiroq qilib, katta miqdorda pul mablagʻlarini oʻtkazib berishni vaʼda qiladi. Uning ishonchiga kirgach, telefon raqamiga kelgan SMS-xabarnomani qoʻlga kiritib, jami 6.300.000 soʻm pullarini oʻzlashtirib oladi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirgan shaxs muqaddam JK 168-moddasi bilan bir necha marotaba sudlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida yashovchi 2004-y.t. A.J. ekanligi aniqlangan.
A.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
111042
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q