Jamiyat
“Toshkent metropoliteni”ning “Yerusti halqa yoʻli”dagi 7-bekat (Qoʻyliq) 10-noyabrdan yoʻlovchilarga vaqtincha xizmat koʻrsatmaydi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Toshkent shahri Fargʻona yoʻli koʻchasidan “Qoʻyliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yoʻl oʻtkazgichining metropoliten “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishi 6 va 7-bekatlari oraligʻi yer ustki qismida qurilish konstruksiyalarining beton ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 7-bekat (Qoʻyliq) 10-noyabr kuni soat 21:00 dan yoʻlovchilarga vaqtincha xizmat koʻrsatmaydi. “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati “Doʻstlik-2” bekati bilan 6-bekat oraligʻida tashkil etiladi.
11-noyabrdan esa “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshiriladi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q