Jamiyat
Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining oʻzbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois” ularning ham oʻqishini Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirishda amaliy yordam soʻragandi.
Davlat rahbarining topshirigʻiga asosan, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ham oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.
Maʼlumot uchun, bungacha Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan chegaradosh Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berilgandi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q