Sport
Toshkent shahri boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi 2023-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Iordaniyaning Amman shahrida 7-noyabr kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida oʻtgan matbuot anjumanida bu masala rasman tasdiqlandi va musobaqa borasida bir nechta maʼlumotlar eʼlon qilindi.
Toshkentdagi jahon birinchiligi 2023-yilning 1–14-may kunlari boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston mezbonligidagi musobaqada rekord darajadagi mukofot pullari beriladi. Jahon chempionatining mukofot jamgʻarmasi 5,2 million dollarni tashkil etadi. Oltin medal egalari 200 ming, ikkinchi oʻrinlar 100 ming va bronza medal egalari 50 ming dollarga sazovor boʻladi.
Qayd etish kerak, Toshkent ilk bor mazkur turnirga mezbonlik qiladi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111080
Jamiyat
94521
Jamiyat
90464
Jamiyat
74555
Jamiyat
//
Izoh yo‘q