Jamiyat
7-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Davlat rahbari boshqa sohalar qatori zargarlikda ham imkoniyatlar juda kengligini taʼkidladi. Mamlakatda 300 mln dollarlik ichki bozor borligini, bu talabni mahalliy zargarlar bemalol qondirishi mumkinligini qayd etdi. Shu sababli ularni qoʻllab-quvvatlash uchun 1-dekabrdan boshlab, oltin va kumushga kechiktirib toʻlash uchun barcha banklar va Eksportni ragʻbatlantirish agentligi kafolatlari qabul qilinadi. Kafolat olish imkoniyati yakka tartibdagi zargarlar uchun ham yaratiladi.
Bundan tashqari, zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi. Oltin, kumush va zargarlik uchun zarur boshqa xom ashyolarni qayta ishlash uchun vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabi bekor qilinadi.
1-dekabrdan boshlab jismoniy shaxslarga 10 ming dollargacha boʻlgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi (hozir 5 minggacha ruxsat berilgan).
Tegishli viloyatlar hokimlariga Samarqand, Buxoro va Qoʻqon shaharlarida zargarlik savdo va ishlab chiqarish majmualarini ishga tushirish topshirildi.
Shuningdek, 2021-yil fevral oyida prezident oʻz farmoni bilan ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida yoki toʻlovni 180 kunga kechiktirish sharti bilan sotib olishga ruxsat bergandi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q