Madaniyat
Navoiydagi “Maʼnaviyat karvoni”ning 3-kuni ham bir qator tadbirlar boʻlib oʻtdi. Xususan, kun avvalida “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Oʻzbekiston qahramonlari” kitob-albomining taqdimoti hamda “Mening farzandim — Oʻzbekiston faxri!” loyihasi doirasidagi tadbir oʻtdi.
Unda Maʼrifat targʻibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Xusanov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ekspertlar kengashi aʼzosi Jamila Shermuhammedova, shoirlar Usmon Azim hamda Zulfiya Moʻminova, shuningdek elimiz suygan sanʼatkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Oʻzbekiston qahramoni, Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori Quvondiq Sanaqulov ochib berdi.
«Xalqimizni mamlakatimizda olib borilayotgan yangilanishlar, yutuqlar bilan tanishtirish oldimizdagi asosiy vazifalardan biridir.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun bir qator ishlarni amalga oshirish, xalqning ishonchiga kirish, ularni islohotlardan boxabar boʻlishini taʼminlash lozim. Shuningdek, yosh avlodni, umuman olganda aholini qahramonlar bilan tanishtirish ham shu kabi vazifalardan biridir.
Misol uchun, viloyatimizda 6 nafar qahramonimiz borlar. Hozirda 4 nafari hayot. Ulardan biri menman. Qahramonlar orasida Farhod aka va men eng yoshimiz. Yoshimiz 70 ga yaqinlashib qoldi», dedi u.
Quvondiq Sanaqulov oʻz nutqida kombinat faoliyatiga ham toʻxtalib, u yerda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar qahramon ekanligi taʼkidladi.
«Dunyo bozorida 4-oʻrindamiz, keyingi yil kuchli uchtalikka kiramiz. Kelgusida hech kim bizga yeta olmaydi. Kombinatda ishlayotganlarni 98 foizi oʻzimizning mahalliy aholi. Zero odam qilganini odam qiladi.
Shunday ekan men ularning barchasini qahramon deb atay olaman», deb soʻzini yakunladi u.
Usmon Azim hamda Jamila Shermuhammedova, Zulfiya Moʻminovalar soʻzga chiqib qahramonlarni tabriklashdi.
Shundan soʻng navbat “Mening farzandim — Oʻzbekiston faxri!” loyihasi doirasidagi tadbirga berildi. Unda bir qator yoshlar hamda ularning otalari taqdirlandi. Ushbu loyihada viloyatdagi eng namunali yoshlar tanlab olingani, ularning tengdoshlariga motivatsiya berishi kutilmoqda.
Navbatdagi tadbir esa “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi “Ziyolilar forumi” hamda “Maʼnaviyat. Asosiy tushunchalar lugʻati” kitobining taqdimoti boʻldi.
Forumni Maʼrifat targʻibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Xusanov ochib berdi va barcha ziyolilarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
“Biz bir necha kundan buyon viloyatda targʻibot tadbirlarini oʻtkazib kelmoqdamiz. Bugungi «Ziyolilar forumi”miz aynan “Maʼnaviyat festivali” doirasida oʻtkazilmoqda.
Bizning tadbirlarimiza erkin va hur fikrli yoshlarni tarbiyalash, aholining islohotlardan xabardorligini taʼminlash, ularga ham ziyo ham maʼrifat ulashish kabi muhim vazifalar oldimizga qoʻygan», dedi u.
Shuningdek, ziyolilar “Maʼnaviyat. Asosiy tushunchalar lugʻati” kitobi haqida ham toʻxtalib oʻtishdi. Kitobga maʼnaviyat va maʼrifat yoʻnalishiga oid 1000 dan ortiq atama va tushunchalar izohi kiritilgani, lugʻatni tuzish va unga tartib berishda soʻz, atama va iboralarni sharhlashda konseptual-nazariy fikrlar, taʼrif va xulosalar asos qilib olinganini bildirildi.
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q