 
                   
                    Jamiyat
7-noyabr dushanba kuni Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining bir nechta reyslarni muqobil aeroportlarga yoʻnaltirishga majbur boʻldi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Xususan, HY602 Moskva — Toshkent qatnovi Navoiy aeroportiga, HY336 Jidda — Toshkent qatnovi Samarqand aeroportiga yoʻnaltirildi. Ushbu yoʻnalishdagi qatnovlar belgilangan manzilga yetib bordi.
Bundan tashqari, Fargʻona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan HY081 Toshkent — Fargʻona reysi soat 06:55 dan 09:30 ga koʻchirildi. HY277 Fargʻona — Istanbul reysi Fargʻona xalqaro aeroportidan oʻz yoʻnalishi boʻyicha joʻnab ketdi.
“Shu munosabat bilan, HY278 Istanbul — Fargʻona va HY082 Fargʻona — Toshkent reyslari kechikib amalga oshirilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Aeroporti matbuot xizmati muqobil aerodromga yoʻnaltirishga majbur boʻlingan boshqa aviakompaniyalarning samolyotlari haqida ham maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Rossiyaning Azimut aviakompaniyasining Mineralniye Vodi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha AZ0681 reysi ob-havo sharoiti, hususan kuchli shamol va koʻrish imkoniyatining pastligi tufayli Navoiy aeroportiga joʻnatildi.
Bortida 91 yoʻlovchi boʻlgan Sukhoi Superjet 100−95B samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 12:19 da Navoiy xalqaro aeroportiga qoʻndi. Ob-havo yaxshilangach, samolyot soat 13:23 da qayta Toshkentga uchib ketdi.
Shuningdek, bugun soat 05:42 da ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY602 Moskva — Toshkent reysini amalga oshirayotgan Boeing 787−8 Dreamliner samolyoti Navoiy aeroportiga borib qoʻndi. Biroz vaqat oʻtgach, ob-havo sharoiti yaxshilangandan soʻng bortida 226 yoʻlovchi boʻlgan samolyot Toshkent aeroportiga ucha oldi.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109667
             109667
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q