Jamiyat
Samarqanddagi aksariyat avtobuslarga videoregistrator uskunalari o‘rnatildi. Endi ular yo‘llardagi qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtiradi.
Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozovga ko‘ra, bu tartib jamoat transportlari harakatiga xalal berganlar uchungina bo‘lmay, balki yuoshqa holatlarda ham yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etib boradi.
– Afsuski, bugun yo‘llarda harakatni tartibga solishda aksariyat hollarda faqat jarima, ya’ni jazo qo‘llash usuli ish bermoqda.
Misol uchun, bekatlarda to‘xtash mumkin bo‘lmagani holda ayrim haydovchilar bu qoidaga amal qilmasdan jamoat transportiga xalal beryapti. Shu sababli bugun shaharda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan aksariyat avtobuslarga videoregistrator uskunalari o‘rnatildi. Endi ular nafaqat o‘zlariga xalal bergan, balki yo‘llardagi boshqa qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtirishlari mumkin.
Aytish mumkinki, yo‘l harakati qoidalarini buzayotganlarga chora ko‘rish, bunda jamoat transporti haydovchilarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq bu usul ijobiy natija beryapti.
Aslida bu masala keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Toki, yo‘l harakati qoidalarga amal qilish jarimaga uchramaslik uchungina emas, aksincha, ongli tarzda amalga oshishi zarur, – deydi Boyxo‘rozov.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q