Jamiyat
Davlat statistika qoʻmitasi oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi xastalik bilan kasallanayotgani boʻyicha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda aholini birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan kasalliklarga chalinish turlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich nafas organlari kasalliklari hissasiga toʻgʻri kelib, har 100 ming aholidan 13 ming nafarida ushbu kasallanish kuzatilmoqda.
Har 100 ming aholiga nisbatan birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan jami kasalliklar soni quyidagicha koʻrinish olgan (ming birlik):
nafas organlari kasalliklari — 13;
ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari — 11;
qon va qon yaratish aʼzolari kasalliklari, immun mexanizmiga taʼsir etuvchi ayrim buzilishlar — 5;
siydik-tanosil tizimi kasalliklari — 5;
qon aylanish tizimi kasalliklari — 3;
jarohatlanish, zaharlanishlar va ayrim tashqi sabablar bilan bogʻliq asoratlar — 3;
koʻz va uning qoʻshimcha apparati kasalliklari — 3;
asab tizimi kasalliklari — 3;
baʼzi yuqumli va parazitar kasalliklar — 2;
quloq va soʻrgʻichsimon oʻsimta kasalliklari — 2.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q