Jamiyat
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri” yuritilishi belgilandi.
Reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlangan:
davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;
saylanadigan va tayinlanadigan lavozimlarga nomzod koʻrsatish;
jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarga aʼzo boʻlish;
davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bogʻliq tender va tanlov savdolarida ishtirok etish;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilot va davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik qilish.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilinishi bilan davlat xaridlari sohasida shaffoflik va qonuniylikni taʼminlash, korrupsiyani oldini olish yuzasidan yangi amaliyotlarning joriy etilishi, “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilarining muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi va odob-axloq qoidalari boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini oʻqitish lozimligi belgilandi.
Bundan tashqari, korrupsiyani jilovlash sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar sirasiga nazar tashlaganda, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”, “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi muhim qonunlarni ham sanab oʻtish joizdir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q