Jamiyat
Navoiydagi “Maʼnaviyat karvoni” doirasida tashkil etilgan “Kitob karvoni” viloyatning 11 ta shahar va tumaniga yoʻl oldi.
Ushbu karvon uchun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida poytaxtdan 6 ming nusxa kitob keltirilgan boʻlsa, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Navoiy viloyati boʻlimi tomonidan ham jahon va milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat oʻzbek, qoraqalpoq tilidagi 4 ming nusxadagi kitoblar qoʻshildi. Xuddi shu kuni 10 nusxa asarlar Navoiy shahridan tumanlarga yoʻl oldi. Ulardan aholining barcha qatlami foydalanishi uchun maktablar, mahallalardagi kutubxonalarga bepul tarqatiladi.
Karvon tumanlarga yoʻl olishi oldidan mehmonlar soʻzga chiqib, Navoiy viloyati, unda tashkil etilgan tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berishdi, fikr bildirishdi. Xususan, Prezident administratsiyasi masʼuli Nodir Xolboʻtayev ham Navoiy viloyati va hazrat Alisher Navoiy xususida nutq soʻzladi.
“Ijodkorlarimiz bilan turli viloyatlarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazyapmiz. Kuni kecha Navoiyga yetib keldik.
Bizning tadbirlarimiz serqirra. Lekin ularning barchasini kitob birlashtiradi. Sababi kitoblarni ijodkorlar xoh sheʼr, xoh qoʻshiq, xoh kino tarzida sizga yetkazishni niyat qilishgan.
Biz ushbu kitoblarni sizga taqdim etayotganimizdan nihoyatda mamnunmiz”, dedi u.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q