Jamiyat
Qashqadaryoda maktab oʻquvchisi yarim kechada oʻzi bilan “sevishib yurgan” qizning xonasiga yashirincha kirganida qizning bobosi uni ushlab olgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 2006-yilda tugʻilgan, Qamashi tumani XTB qarashli 22-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Elshod K. shu maktabning 8-sinfida oʻqiydigan voyaga yetmagan Ch.P. bilan oʻzaro telefon orqali ishqiy munosabatda gaplashib yurgan.
2022-yil 4-noyabr kuni 02:35 larda Elshod K. yoqtirgan qizi Ch.P. bilan koʻrishish uchun uning uyiga borib, deraza orqali uning yotoqxonasiga kirgan. Shu payt voyaga yetmagan Ch.P.ning bobosi Panji N. uni nabirasining yotoqxonasida ushlab olgan. Shundan soʻng Panji N. oʻgʻli Sherzod N. bilan Elshod K.ni urib tan jarohati yetkazishgan.
Shu kuni soat 04:00 larda voyaga yetmagan Elshod K. bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi, yuzining koʻp sonli toʻqimalari lat yeyishi bilan Qamashi tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hozirda holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat Qamashi tuman IIBning navbatchilik qismida roʻyxatga olinib, dastlab tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan olib borilgan.
Qayd etilishicha, fuqaro Panji N. Xalq deputatlari Qamashi tuman kengashi deputati boʻlgani sababli tergovga qadar tekshiruv harakatlarini davom ettirish uchun toʻplangan hujjatlar Qamashi tuman prokuraturasi ish yurituviga oʻtkazilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q