Madaniyat
BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili Oʻzbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.
Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.
Tashrif davomida UNWTO bosh kotibi Samarqandda boʻlib oʻtayotgan II Oʻzbekiston iqtisodiy forumida ishtirok etadi. Shuningdek, u Samarqand turistik markazidagi “Boqiy shahar” majmuasi hamda 2023-yili Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining (UNWTO) 25-sessiyasi oʻtkaziladigan “Kongress xol”ga tashrif buyurish, infratuzilma, shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishi rejalashtirilgani maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, “Konigil” turizm qishlogʻi hamda Samarqanddagi Turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga ham boradi. Martabali mehmon universitet talabalari uchun maʼruza qilishi kutilmoqda.
Tashrif 7-noyabrga qadar davom etadi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112303
Jamiyat
94978
Jamiyat
91098
Jamiyat
75863
Jamiyat
//
Izoh yo‘q