Jamiyat
Toshkent viloyatida 26 million soʻmga teng boʻlgan qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi boʻlgan guruh aʼzolari ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-yilning 21-sentabr kuni Yangiyoʻl shahar ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida koʻp miqdordagi qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi boʻlgan bir guruh shaxs daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati
Aniqlanishicha, bundan bir necha kun oldin Chirchiq shahrida yashovchi 31 yoshli fuqaro A.U. 37 yoshli ayoli K.K. bilan birga uch nafar tanishi (bir nafar ayol va ikki erkak)ni jalb qilgan holda bir guruh boʻlib, Boʻstonliq tumanida joylashgan dala hovlilarning birini ijaraga olgan va u yerda 100 va 200 ming soʻmlik Oʻzbekiston milliy valyutasini qalbaki usulda tayyorlagan.
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati
Shundan soʻng ushbu kupyuralarni muomalaga kiritish maqsadida Yangiyoʻl shahar markaziy bozoriga kelgan ushbu shaxslar (tadbirkorlar xabari asosida) ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi tariqasida qoʻlga olingan. Holat yuzasidan xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tintuv jarayonida ulardan jami qiymati 26 million 200 ming soʻmga teng boʻlgan 100 va 200 ming soʻmlik qalbaki kupyuralar va rangli printer daliliy ashyo sifatida olingan (qalbaki pullarga nisbatan ekspertiza tayinlangan).
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q