Tanzila Norboyeva Rossiyaning “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Saqlash
21:10 / 28.10.2022 1857 0

Rossiya Federal majlisi Federatsiya kengashi raisi, MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevani “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

 

“Siz Rossiyaning azaliy, samimiy doʻstisiz va ushbu yuksak mukofot sizning tinimsiz vijdonan mehnatingizga munosib baho, Rossiya—Oʻzbekiston hamkorligini mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissangiz eʼtirofi boʻlib xizmat qiladi”, – deydi Matviyenko.

 

Oʻz navbatida Oliy Majlis Senati raisi ham mukofotga loyiq koʻrilganiga munosabat bildirdi.

 

“Bu men uchun katta sharaf. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga samimiy minnatdorlik soʻzlarimni bildirmoqchiman va ushbu ordenni, albatta, oqlaymiz”, – deydi Norboyeva.

 

Bundan tashqari, Senat raisi parlament diplomatiyasining roli haqida gapirgan.

 

“Oʻsib borayotgan keskinlik va strategik noaniqlik, muloqot va ishonchning misli koʻrilmagan darajada yoʻqligi, xalqaro munosabatlarda noaniqlik kuchayayotgan bir sharoitda aynan parlament diplomatiyasi davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash va oʻzaro tushunishni chuqurlashtirishda muhim rol oʻynashi mumkin”, – deya taʼkidlaydi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 246
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//