Gʻafur Gʻulom bogʻining nomi oʻzgarmasligi maʼlum qilindi

Saqlash
21:32 / 26.10.2022 943 0

Ijtimoiy tarmoqlardagi Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Gʻafur Gʻulom bogʻining nomi oʻzgarishi haqida bildirilgan eʼtirozlarga nisbatan tuman hokimligi munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, bu borada Chilonzor tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi Botir Rasulov bergan maʼlumotlarga koʻra, bogʻning nomlanishiga rasman oʻzgartirish kiritilmagan.

 

Bogʻ nomini oʻzgartirish haqida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi nomiga ariza kelib tushmagan.

 

“Albatta, bu borada jamoatchilik fikri ham eʼtiborga olinadi. Bogʻ oldin atalgan nomi Gʻofur Gʻulom nomidagi bogʻ boʻlib qoladi”, — deydi Botir Rasulov.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bogʻning qachon ochilishi maʼlum qilingandi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//