 
                   
                    Jamiyat
Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yoʻllari 2026-yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2022—2026-yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha boʻyicha hujjatlar tayyorlash va oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Bular:
Jahon banki maslahat koʻmagida amalga oshirilayotgan Toshkent—Andijon pullik avtomobil yoʻlini qurish loyihasi;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat koʻmagida amalga oshirilayotgan Toshkent—Samarqand pullik avtomobil yoʻlini qurish loyihasi;
Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobil yoʻli va Taxtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnel qurish loyihasi.
Transport sohasida 2019—2022-yillar davomida 7 ta loyihani amalga oshirish boʻyicha ishlar olib borilayotgan boʻlib, shundan 2 ta loyiha boʻyicha DXSH bitimi imzolangan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistondagi ilk pulli yoʻllarning qurilishi haqida 2018-yilda maʼlum qilingan. Oʻshanda bu kabi yoʻllarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi shugʻullanishi mumkinligi aytilgandi. 2019-yilda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Oʻzbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlanayotganini maʼlum qilgandi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94048
             94048
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q