Iqtisod
Oʻzbekiston banklari tomonidan joriy yilning yanvar—sentabr oylari davomida 53,3 trln soʻmlik daromad olingan.
Markaziy bank xabariga koʻra, bunda foizsiz daromadlar 6,7 trln soʻmni, foizli daromadlar 46,6 trln soʻmni tashkil etgan.
Banklarning foizsiz daromadlari oʻtgan yilga nisbatan 4,3 trln soʻmga koʻpaygan. Foizli daromadlar bilan bu koʻrsatkich 12 trln soʻmdan oshgan.
Yil boshidan beri Oʻzbekistondagi banklar 2,2 trln soʻmlik foyda soligʻini toʻlagan. Bu oʻtgan yilga nisbatan deyarli 1 mlrd soʻmga koʻpdir.
Banklar joriy yilda 7,1 trln soʻm sof foyda koʻrgan. Ular tomonidan sentyabr oyining oʻzida 1 trln soʻmlik sof foydaga erishilgan.
Yanvar—avgust oylariga koʻra sof foyda miqdori oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 trln soʻmga koʻpaygan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q