Ilm-fan
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yiliga 10 million kishi tuberkulyoz xastaligiga chalinadi. Ulardan 1,7 millioni kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumadi.
Maʼlumki, tuberkulyoz 99 foiz holatda havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi va asosan oʻpkani zararlaydi. Xastalik qoʻzgʻatuvchisi sil tayoqchalari hisoblanib, ular har qanday sharoitga chidamli. Yaʼni issiqda ham, sovuqda ham koʻpaya olish xususiyatini yoʻqotmaydi.
Yaqinda xitoylik olimlar mazkur bakteriyaning immunitetga oson “chap berishi” sababini aniqladi.
Tadqiqotchilar xulosasiga koʻra, sil tayoqchasi infeksiyadan zararlangan hujayraning oʻz-oʻzini yoʻq qilishiga yoʻl bermaydi va yalligʻlanish reaksiyasini keltirib chiqaradi.
Shu bois Xitoy mikrobiologiya instituti olimlari sil tayoqchasining butun genomini va u ajratib chiqaradigan hamda hujayralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan barcha oqsillarni oʻrgandi.
Yakunda shubha ostiga olingan 201 ta oqsil orasidan PtpB deb nomlangani ajratib olindi. Maʼlum boʻlishicha, u zararlangan hujayralarning oʻz-oʻzini yoʻq qilishiga qarshilik koʻrsatish xususiyatiga ega. Yaʼni bemor immunitetining javob reaksiyasini susaytirib, infeksiyaning oʻpka boʻylab keng tarqalishiga imkon yaratadi.
Aytish joizki, ushbu tadqiqot natijasi kelgusida patogenning oʻziga emas, bevosita oqsillarga taʼsir qilish orqali tuberkulyozni davolash usullarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q