Jamiyat
Adliya vazirligiga amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Riz o‘z mualliflik huquqini himoya qilishni so‘rab, murojaat qilgan.
Murojaatda muallifning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asari ijtimoiy tarmoqlarda ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani aytiladi.
Shunga ko‘ra Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazilgan.
Natijada ushbu asar Mark Rizdan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgani va unilibrary.uz tizimiga joylangani ma’lum bo‘lgan.
Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ullariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan hamda asarning elektron nusxasi unilibrary.uz tizimidan o‘chirilgan.
Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida universitetda mualliflik va turdosh huquqlarga rioya qilish bo‘yicha seminar-trening tashkil etilgan.
“Ma’lumot uchun, tarjimon Mark Rizga “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq, zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109801
Jamiyat
94173
Jamiyat
89989
Jamiyat
73184
Jamiyat
//
Izoh yo‘q