Jamiyat
Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov 2022-yil 18-oktabrda Bandixon tuman hokimligiga “Skoda Kodiaq Ambition” xizmat mashinasini xarid qilish uchun 429 mln soʻm oʻtkazish toʻgʻrisida 23-8-0-F/22-sonli farmoyishni imzolagan.
Mazkur farmoyish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻrganilgan.
Hukumat qarori bilan belgilangan meʼyorlarga koʻra, tuman va shahar hokimliklarining rahbarlariga sotib olishga ruxsat etilgan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi BHMga nisbatan 1000 barobari (300 mln soʻm), rahbar oʻrinbosarlariga esa bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 700 barobari (210 mln soʻm) etib belgilangan.
.jpg)
Bandixon tumani hokimligiga sotib olinishi rejalashtirilgan xizmat avtotransportining narxi mazkur meʼyorlarga zid boʻlgan.
Shu munosabat bilan, Agentlik viloyat hokimligiga tegishli farmoyishini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan hamda mazkur farmoyish bekor qilingan.
Madaniyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110998
Jamiyat
94502
Jamiyat
90437
Jamiyat
74463
Jamiyat
//
Izoh yo‘q