Prokuratura xodimlari oʻrtasida “Til – millat koʻzgusi” mavzusida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandi

Saqlash
15:13 / 24.10.2022 1152 0

Oʻzbek tili bayrami umummamlakat va umummillat bayramidir.

 

Zotan, ona tilimiz bizning millat sifatida mavjudligimizning, buyuk tarixga ega milliy davlatchiligimiz borligi va barqarorligining eng asosiy, ustuvor va muhim timsolidir.

 

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturada prokuratura organlari, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi masʼul xodimlari ishtirokida Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

 

 

Videoselektor shaklida oʻtkazilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori, Oliy Majlis Senati aʼzosi Minhojiddin Mirzo, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxoʻja, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev, Oʻzbek Milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Saʼdiyev va boshqa taniqli olim, yozuvchi hamda shoirlar ham ishtirok etishdi.

 

Bayram tadbirini Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev kirish soʻzi bilan ochib, 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan barchani muborakbod etdi hamda yurtimizda oʻzbek tiliga berilayotgan eʼtibor va amalga oshirilayotgan muhim islohotlarga toʻxtalib oʻtdi.

 

 

Jumladan, taraqqiyotimizning yangi bosqichida davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslari bilan ona tilimizning rivojiga xizmat qiluvchi ulkan qadamlar tashlanganligi, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini tubdan oshirishga qaratilgan aniq va manzilli chora-tadbirlar koʻrilganligi, ayniqsa, 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni deb belgilanganligi tarixiy voqelik boʻlganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

 

Shu bilan birga, Bosh prokuror davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlarining, hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlashda prokuratura organlari xodimlarining masʼuliyatini yanada oshirish, avvalo, prokuratura organlarining oʻzida davlat tilida ish yuritilishini qatʼiy taʼminlash masalalariga ham toʻxtaldi.

 

Tadbirda soʻz olgan taniqli olim, yozuvchi va shoirlar ham davlat tilining oʻrni va ahamiyati haqida oʻz fikrlarini bildirishdi hamda bayram munosabati bilan barchani tabriklab, tegishli tavsiya va takliflari bilan oʻrtoqlashishdi.

 

Shuningdek, tadbirda bayram munosabati bilan prokuratura xodimlari oʻrtasida “Til – millat koʻzgusi” mavzusida tahliliy ish, savodxonlik va sheʼrxonlik yoʻnalishlarida oʻtkazilgan tanlov gʻolib va sovrindorlari diplom va sertifikatlar hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//