Jamiyat
Samarqand viloyati Urgut tumanida oʻquvchini urgan maktab direktori lavozimidan chetlatildi. Bu haqda viloyat XTB xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12-oktabr kuni taxminan soat 13:30 larda Urgut tumani 61-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6-sinfida dars oʻtayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchisi koridorda direktorning ovozini eshitgach, bolalar darsga quloq solmasdan pirotexnika vositalarini portlatayotganidan shikoyat qilgan.
Direktor esa sinf xonaga kirib, voqea haqida surishtirmasdan oʻquvchi D.H.ni doʻpposlab ketadi.
Guvohlarning taʼkidlashicha, jabrlanuvchi sinfdagi bezorilikda ishtirok etmagan.
“Samarqand viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi har qanday holatda ham oʻqituvchilarning oʻquvchilarga boʻlgan agressiv munosabatlarini qoralaydi. Ustozlar, maktab rahbarlari nafaqat yurish turishi, balki, odob-axloqi, muomala madaniyati bilan ham atrofdagilarga shaxsiy namuna boʻlishlari shart va lozimdir”, – deyiladi munosabatda.
Ushbu holatdan kelib chiqib, Urgut tumanidagi 61-umumtaʼlim maktabining direktori B.R. Samarqand viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasining tegishli buyrugʻiga asosan lavozimidan ozod etilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q